Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi (video)

Jamiyat

−

image

AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Uning bildirishicha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubionning mamlakatga tashrifi mazmunli va samarali bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar, “C5+1” vazirlar uchrashuvi, Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi hamda O‘zbekiston–Amerika ishbilarmonlik va investitsiyalar kengashining ikkinchi yig‘ilishi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim zamin yaratgan.

“Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar va belgilangan ustuvor yo‘nalishlar O‘zbekiston–AQSH strategik sherikligini aniq amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qiladi. Ularni amalga oshirish yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni izchil davom ettirishga kelishib oldik”, deydi Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga kelgandi. Kecha, 19 oktyabr kuni u “C5+1” formatida vazirlar yig‘ilishida ishtirok etdi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham Rubio bilan uchrashdi. Yakunda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida turli sohalar bo‘yicha 12 mlrd dollarlik 54 ta shartnomalar paketi imzolandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing