Afg‘onistonni ikki Prezident boshqarishi mumkin
Olam
−
10 mart 2020
10388Ma’lumki, Afg‘onistonda mamlakatning amaldagi Prezidenti Ashraf G‘ani va vitse-prezident Abdulla Abdulla prezidentlik uchun kurashmoqda. Hozirda bu ikki amaldor alohida-alohida qasamyod qilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Joriy yilning 19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston prezidentligi uchun saylovda mamlakatning amaldagi rahbari Ashraf G‘ani g‘alaba qozongan edi. Ammo Abdulla Abdulla va uning tarafdorlari saylov natijalarini tan olmadi. Ular saylovni shaffof bo‘lmaganligini aytishdi.
Abdullaning vakillari ma’lum qilishicha, AQSHning Afg‘onistondagi maxsus vakili Zalmay Xalilzod uch bora amaldagi Prezident bilan bu masalaga yechim topish uchun uchrashgan. Biroq uchrashuvlar natija bermagan.
Abdulla Abdullaning Matbuot kotibi Fraydun Kvazunning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida vositachilar orqali yana muzokaralar olib boriladi. U bu borada Zalmay Xalilzodning o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Biz o‘z taklifimizni janob Xalilzod orqali Ashraf G‘aniga taqdim etdik. Ularning taklifini ham janob Xalilzod orqali qabul qildik. Biroq, hozircha aniq natijalarga erishilmadi”, dedi Abdulla Abdullaning vakili Kvazun.
Afg‘onistonlik siyosatchilar amaldorlarning bir kun ichida ikkita qasamyod marosimini o‘tkazishga urinishilaridan xavotirda. Ular bu holat mamlakatni yangi inqirozga yetaklaydi degan taxmindalar.
Prezidentlikka nomzod bo‘lgan Afg‘oniston Milliy Xavfsizligi sobiq rahbari Rahmatulla Nabil ikki qasamyod marosimi mamlakat uchun "xavfli" bo‘lishini va afg‘on xavfsizlik kuchlarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qilishini ta’kidladi. Bu esa ularning isyonchilarga qarshi turishiga jiddiy ta’sir qiladi.
“Aytaylik, ikkita qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu holda "Tolibon" harakati bilan bo‘ladigan muzokaralar uchun ikki xil kun tartibidagi ikkita reja taqdim etiladi", deydi Nabil.
Bu jarayonga tahlilchi Shoxab Hakimiy jiddiy tarzda e’tiroz bildirib o‘tdi. Uning fikricha, Afg‘onistonda ikki Prezident bo‘lishi mamlakatda tartibsizlik keltirib chiqaradi.
“Agar ikkita qasamyod marosimi o‘tkazilsa, Afg‘onistondagi siyosiy va ijtimoiy tartibot buziladi. Shu bilan birga, mamlakat xavfsizligi xavf ostida qoladi. Shuningdek, hukumatning moliyaviy resurslari talon-taroj qilinadi", deydi Hakimiy.
LiveBarchasi