G‘ani rozi. “Tolibon”ning 5000 nafar asiri ozodlikka chiqadi
Olam
−
09 mart 2020
9363Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani "Tolibon" guruhining 5000 nafar asirini ozod qilishga va’da berdi. Bu haqda 1TV telekanali xabar qildi.
Tegishli farmon joriy yilning 10 mart kuni chiqarilishi kutulmoqda. G‘anining so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarni ozod etilishi guruh tomonidan mamlakatda zo‘ravonlikni kamaytirishiga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, AQSH va "Tolibon" 29 fevral kuni Qatarda tinchlik shartnomasini imzoladilar. Sulh Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqilishi va afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.
Shuningdek, sulhda asirlar almashinuvi haqidagi band ham bor. Shartnomani ushbu bandiga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati "Tolibon"ga tegishli 5000 nafar asirni, "Tolibon" esa hukumatga tegishli 1000 nafar harbiyni ozod qilishi kerak. Biroq, Afg‘oniston Prezidenti bu shartga ko‘nmadi. G‘ani, "Tolibon" sulhni faqat AQSH bilan imzolagani va rasmiy Kobul bu sulh shartlarini bajarishga majbur emasligini aytgandi.
Bunga javoban, "Tolibon" harkati mamlakat bo‘ylab hukumatga qarshi hujumlarini boshlab yubordi. Buning oqibatida 100 ga yaqin oddiy aholi va 27 nafar hukumat harbiysi halok bo‘ldi. Bu to‘polonlar fonida Afg‘oniston vitse-prezidenti Abdulla Abdullaga ham suiqasd uyushtirildi. Keyinchalik, "ISHID" terrorchilik harakati hukumat vakiliga qilingan suiqasdni o‘z bo‘yniga oldi.
Shuningdek, AQSH va NATO o‘z qo‘shinlarini mamlakatdan 14 oy mobaynida olib chiqib ketish majburiyatini olgan. Bu vaqt davomida Afg‘oniston hukumati va "Tolibon" harakati o‘zaro sulh tuzishlari kutilmoqda.
LiveBarchasi