“Avval masxaralashdi, keyin ishimni qoralashdi...” Kobulda burger sotib yuruvchi ayol qissasi
Olam
−
08 mart 2020
15190Kobulda dam olish kunlari 30 yoshli Maryam Muhammadiy shahar bo‘ylab quyoshdan energiya oluvchi aravachasida burger sotadi. Muhammadiy avval erkaklar kasbi deb qaralgan sotuvchilik bilan bir necha yildan beri shug‘ullanib keladi.
Ayol bu ishni boshlash u uchun oson bo‘lmagani haqida gapirib berdi.
"Avval odamlar meni masxara qilib kuldi. Ko‘chada ishlayotganimni qoralashdi. Lekin hozir vaziyat yaxshilanmoqda va odamlar meni rag‘batlantirmoqda. Hozir erkaklar meni qo‘llab-quvvatlab, ovqatlarimizni mazali va foydali ekanligini aytib ketishadi", deydi Maryam.
Muhammaddiy ko‘pchilik singari, 1996-2001 yillar davrida ayollarga o‘qishni, ishlashni va uydan erkak hamrohisiz chiqishni taqiqlagan "Tolibon"ning hokimiyatga qaytishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
"Bu ish biz uchun juda muhim. Mening fikrimcha, "Tolibon" ayollarning ishiga aralashmasligi kerak, chunki erkaklar va ayollar o‘rtasida farq yo‘q. Ikki jins vakillari hayotni yaxshilash uchun birdek harakat qilishi zarur", dedi Maryam Muhammadiy.
Muhammadiydan burger xarid qilish uchun to‘xtagan yigirma bir yoshli Benazir Musaviy uning fikrlariga qo‘shildi.
"Bu ayolni birinchi marta burger sotib yurganini ko‘rganimda, juda xursand bo‘lgandim. Fikrimcha, afg‘on ayollari o‘z muammolarini mustaqil hal qilishlari kerak", deydi Musaviy.
Ma’lumot o‘rnida, bu biznesni 2018 yilda 27 yoshli Farhod Vajdiy boshlagan, u Pokistondagi qochqinlar lagerida tug‘ilgan. Hozirda Kobulda 25 ta oziq-ovqat aravachasida ishlaydigan 50 ta ayolni ish bilan ta’minlagan. U bu yil aravachalar sonini 100 tagacha ko‘paytirmoqchi.
"Afg‘onistonga qaytganimda ayollarga juda yomon munosabatda bo‘lishganini ko‘rdim. Ularga biznes bilan shug‘ullanish va moliyaviy mustaqillikka erishishga jiddiy to‘sqinlik qilishar edi. Shuningdek, ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan cheklashardi", dedi Vajdiy.
Vajdiy ayollarni biznes bilan shug‘ullanishiga undar, bu borada o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashardi. Ko‘p o‘tmay, u maxsus aravachada burgerlar sotishni boshlab yubordi.
"Men afg‘on ayollari uchun ishlashni boshladim. Chunki men afg‘on ayollarini Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishida teng ravishda hissa qo‘sha oladigan ko‘nikmalar va bilimlarga ega bo‘lgan katta insoniy resurs sifatida ko‘rmoqdaman" deydi tadbirkor.
LiveBarchasi