“Nazoratdagi tashuv”. Markaziy Osiyo narkojinoyatchilarni qanday ushlaydi?
3-sahifa
−
06 dekabr 2025 3867 2 daqiqa
O‘zbekiston hududiga ananaviy giyohvand moddalarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga urinish asosan Afg‘oniston va Tojikiston yo‘nalishida aniqlanmoqda. Bu haqda kecha, 5 dekabr kuni O‘zbekiston raisligida Samarqand shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazi (CARICC)ga a’zo davlatlarning Milliy koordinatorlar kengashi (MKK)ning navbatdagi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi mas’ul xodimi Jonibek Yusupov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Tadbirda BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston va Afg‘oniston yo‘nalishda eng ko‘p uchrayotgan narkomoddalar “geroin”, “opiy” va “gashish” kabi opiatlardir.
Qozog‘iston bilan chegaradagi Navoiy bojxona posti orqali esa sintetik giyohvonlik vositalari, ya’ni mifedron giyohvonlik vositasini olib kirishga harakat qilinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik doirasida narkokurerlarni qo‘lga olish bo‘yicha murakkab amaliy tadbirlar amalga oshiriladi. Bunda CARICC doirasida davlatlar o‘rtasida “nazorat ostidagi tashuv” amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Bu jarayon quyidagicha amalga oshadi, bir davlatda narkotik moddalar harakatga tushgani aniqlansa, u darhol sherik davlatlarga xabar beradi. Masalan, Qozog‘iston narkotik yukning O‘zbekiston yo‘nalishiga kirayotganini bildiradi. O‘zbekiston tomoni yukni nazoratga oladi, biroq chegarada to‘xtatmaydi. Jinoyatchilar mamlakat ichiga kirgani va moddani yetkazib bergani zahoti qo‘lga olinadi. Bu yondashuvning asosiy maqsadi yo‘lda alohida kurerni ushlash emas, balki butun tarmoqni, jumladan, buyurtmachilarni aniqlab, butkul yo‘q qilishdir.
“Bu kabi kompleks operatsiyalar CARICC doirasidagi hamkorlikning eng muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi”, deydi Yusupov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida narkolaboratoriyalar tashkil qilish holatlari ko‘paygani, o‘tgan yili 5 ta narkolaboratoriya aniqlangan bo‘lsa, joriy yilning 10 oyi davomida 12 ta narkolaboratoriya fosh etilgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025