O‘zbekistonda narkolaboratoriyalar ko‘paydi. Buning sababi nima?

3-sahifa

image
Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi north_east

Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

O‘zbekiston hududida narkolaboratoriyalar tashkil qilish holatlari ko‘paydi. Bu haqda bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administarsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘q otar qurollarni nazorat qilish agentligi mas’ul xodimi Jonibek Yusupov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

O‘tgan yili 5 ta narkolaboratoriya aniqlangan bo‘lsa, joriy yilning 10 oyi davomida 12 ta narkolaboratoriya fosh etilgan. 

“Chegarada giyohvandlik vositalari kirishiga qattiq kurash kuchaytirilgandan keyin, chegaradan olib kirishga imkoniyat bo‘lmagach, ichkarida narkolaboratoriya paydo qilishga harakat bo‘lyapti”, deydi u.

Yusupovning aytishicha, narkolaboratoriyada tayyorlanadigan sintetik giyohvandlik vositalariga ishlatiladigan komponentlar alohida-alohida chegaradan olib kirilganda, u noqonuniy hisoblanmaydi. Giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish ishlatiladigan narsalar esa prekursor deb ataladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son farmoni bilan narkojinoyat sodir etgan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilmaslik yoki jazosini yengilrog‘i bilan almashtirmaslik tartibi joriy etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston narkolaboratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing