“Tolibon” sulhni buzdi. Stadionlardan biri portlatildi

Olam

image
Navoiy yotgan zamin. Afg‘onistondagi urush qachon va nima sabab boshlangandi? (1-qism) north_east

Navoiy yotgan zamin. Afg‘onistondagi urush qachon va nima sabab boshlangandi? (1-qism)

"Tolibon" harakati Afg‘oniston sharqida portlash uyushtirdi. Bu haqda Afg‘oniston markaziy telekanali ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, futbol o‘yini vaqtida bomba o‘rnatilgan mototsikl tomoshabinlar tomonga yo‘naltirilgan. Oqibatda 3 kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlangan.

"Tolibon" harakati vakili Zabihulloh Mujohid bu portlashni bir necha hafta avval imzolangan zo‘ravonlikni kamaytirish bo‘yicha shartnoma muddati tugaganligi bilan izohladi. Shuningdek, u yaqinda imozlangan tinchlik shartomasining shartlari to‘la bajarilmayotganidan norozi ekanligini bildirdi.

"Zo‘ravonlik kamaytirish shartnomasi muddati allaqachon tugadi va bizning harakatlarimiz odatdagidek davom etadi. AQSH - "Tolibon" kelishuviga binoan bizning mujohidlarimiz xorijiy kuchlarga hujum qilmaydi, ammo bizning operatsiyalarimiz Kobul ma’muriyati kuchlariga qarshi davom etadi", dedi harakat vakili Zabihulloh Mujohid.

Vashingtonda Pentagon rahbariyati hujumning ahamiyatini pasaytirmoqchi.

“Tolibon” yakka guruh emas. Unda bir nechta terrorchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda ... Shuning uchun biz buni kim qilganini aniq bilmaymiz", dedi kecha, 2 mart kuni Bosh shtab boshliqlari raisi general Mark Milliy.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 29 fevral kuni "Tolibon" harakati AQSH bilan tinchlik shartnomasini imzoladi. Shartnomaga binoan AQSH va NATO kuchlari 14 oy davomida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishlari kerak. Shu vaqt davomida harakat mamlakatda turli hunrezliklardan o‘zini tiyishi lozim. Shuningdek, 2020 yilning 10 mart kunigacha Afg‘oniston hukumati "Tolibon"ning 5000 nafar asirini ozod qilishi shart. Ammo Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani "Tolibon" mahbuslarini ozod qilishni rad etmoqda.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston Tolibon

Baholaganlar

411

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing