AQSH “Tolibon” bilan yangi kelishuvga erishdi
Olam
−
13 fevral 2020
7507AQSH “Tolibon” harakati bilan Afg‘onistondagi zo‘ravonlikni yetti kunga to‘xtatish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Pentagon rahbari Mark Esper xabar qildi.
"Amerika Qo‘shma Shtatlari va “Tolibon” Afg‘onistondagi zo‘ravonlikni yetti kunga qisqartirish bo‘yicha taklifni muhokama qildi. Men bu taklifni ittifoqchilarimiz bilan muhokama qilyapman. Biz har doim aytamiz, Afg‘onistonda yagona yechim bor, u bo‘lsa ham siyosiy kelishuvdir. Shu munosabat bilan bunga unga erishildi. Bu haqda biz keyinroq yana ma’lumot beramiz", dedi Esper Bryusseldagi matbuot anjumanida.
AQSH va toliblar 2019 yilda bir necha oy davomida muzokaralar olib borishgan edi. AQSHning Afg‘onistondagi vakili Zalmay Halilzad va Dohadagi “Tolibon” siyosiy idorasi delegatsiyasi sakkiz raundlik muzokaralardan so‘ng sulh bitimi, chet el qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi va umumiy afg‘onlararo tinchlik muzokaralari boshlanishini o‘z ichiga olgan tinchlik shartnomasi loyihasini kelishib olgan edilar. Biroq, sentyabr oyida, Tolibonning Kobulda va boshqa bir qator shaharlarda amalga oshirgan va AQSH harbiylarini o‘ldirgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng, Prezident Donald Tramp “Tolibon” bilan muzokaralarni to‘xtatishga va kelishuvni bekor qilishga buyruq berdi.
Yanvar oyi o‘rtalarida “Tolibon” Halilzodga Afg‘onistonda yetti kundan o‘n kungacha vaqtincha sulh tuzishni taklif qiluvchi hujjat haqida xabar bergan. Qatarda “Tolibon” siyosiy vakilllari va Halilzod boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi o‘rtasida muzokaralar qayta boshlanganini tasdiqladi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi