Afg‘oniston hukumati “Tolibon” mahbuslarini ozod etmasligini bildirdi
Olam
−
01 mart 2020
7049Afg‘oniston hukumati "Tolibon"ning besh ming mahbusini ozod qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olmadi. Bu haqida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani AQSH va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolanganiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Mahbuslarning ozod etilishi AQSH va Tolibon o‘rtasidagi kelishuv shartlaridan biri sifatida belgilangan, ammo bunday choralar Qo‘shma Shtatlar vakolatlariga kirmaydi, dedi G‘ani. Uning ta’kidlashicha, bu qadamni shart sifatida qabul qilib bo‘lmaydi, u muzokaralarning bir qismi bo‘lishi kerak.
Avvalroq, 29 fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari va "Tolibon" harakati 29 fevral kuni Qatarda tinchlik sulhini imzolagani haqida xabar bergan edik. Sulh AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini, shuningdek, afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi.
LiveBarchasi