Afg‘onistonda prezidentlik saylovi yakuniga yetdi

Olam

image

Afg‘oniston prezidentigi uchun saylovning yakuniga yetdi. Natijalar bugun, 18 fevral kuni e’lon qilindi.

Saylovning so‘nggi natijalariga ko‘ra, Afg‘onistonning amaldagi Prezidenti Ashraf G‘ani bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida g‘olib deb e’lon qilindi. 

Saylovda Ashraf G‘ani uchun saylovchilarning 50,64 foizi yoki 923 ming kishi ovoz bergan.

Bosh vazir Abdulla Abdulla 39,52 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Saylovda uchinchi o‘rinni Afg‘onistonning sobiq bosh vaziri Gulbeddin Hekmatyar egalladi. Saylovda u 3,85 foiz ovoz to‘pladi.

Eslatib o‘tamiz, G‘ani 2019 yil 22 dekabrda 28 sentyabrda o‘tgan saylovlarning g‘olibi deb e’lon qilingandi. Ammo “Islom jamiyati” partiyasi va uning yetakchisi Abdulla Abdulla saylovlar natijalarini tan olmay, ovozlarning qayta hisoblanishini talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Ashraf G'ani

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing