Afg‘onistondagi voqealar Tojikistonga xavf solsa, Rossiya yordam beradi — Shoygu

Olam

image

Afg‘onistondagi voqealar munosabati bilan Tojikiston xavfsizligiga tahdid solingan taqdirda Rossiyaning harbiy 201-bazasi Tojikistonga harbiy yordam beradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.  

“Albatta, biz chegarada sodir bo‘layotgan barcha voqealarni va jangarilarni Tojikiston hududiga ko‘chirishga urinishlarni e’tiborsiz qoldirmaymiz. Shuning uchun men shubhasiz aytishim mumkinki, ittifoqdoshimiz — Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi a’zosiga tahdid bo‘lgan taqdirda, albatta, Rossiya bunga munosabat bildiradi”, degan Shoygu. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Afg‘oniston hududiga turli davlatlar, shu jumladan Suriya va Liviyadan ISHID jangarilarining faol ko‘chib o‘tayotganini qayd etmoqda.

“Biz, albatta, Afg‘onistonda millatlararo yarashuvga erishiladi, deb umid qilamiz. Ammo shu bilan birga ISHID bo‘linmalari u yerga turli mintaqalardan, shu jumladan Suriya, Liviyadan qanchalik faol ko‘chib o‘tayotganini ko‘ryapmiz”, degan Shoygu. 

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning 201-harbiy bazasi Tojikistonning ikki shahri — Dushanbe va Boxtarda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust va sentyabr oylarida Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Avgust oyidagi harbiy mashg‘ulotlar O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati Termiz shahri poligonlarida, sentyabr oyidagi esa Qirg‘izistonning “Edelveys” o‘quv markazi bazasida bo‘ladi. 

1-10 avgust kunlari esa Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasidagi Xatlon yo‘nalishida harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Xabarga ko‘ra, Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining terrorizmga qarshi qo‘shma mashg‘ulotlari Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida joylashgan “Xarbmaydon” harbiy poligonida bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarda uch davlatning havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa kuchlari, zirhli texnika va maxsus kuchlari ishtirok etadi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Rossiya Tojikiston

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing