Afg‘onistonda 4,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
06 fevral 2023
9191Bugun, 6 fevral kuni Afg‘onistonda 4,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 16:04 da (Grinvich bo‘yicha 11:04 da) sodir bo‘lgan. Chuqurlik 198 kmni tashkil etgan.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 438 km janubiy-sharqda kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oqibatida 1014 kishi qurbon bo‘ldi, 5385 kishi jarohatlandi.
Dunyoning bir qancha davlatlari – Gretsiya, Ukraina, Rossiya, Belgiya, Italiya, Isroil kabi davlatlar Turkiyaga yordam jo‘natishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston ham kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natishini e’lon qildi. O‘zbekiston FVVga ko‘ra, Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchilar hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.