Afg‘onistonda 11 daqiqa ichida ikkita zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
11 Oktabr 2023
7359Afg‘oniston g‘arbida 11 daqiqa ichida 6,3 va 5 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan taxminan soat 05:11 da, 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 31 km janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan. Yer silkinishi epimarkazi 10 km chuqurlikda joylashgan.
5 magnitudali ikkinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:22 atrofida yuz bergan. Epimarkazi Hirotdan 51 km uzoqlikda, xuddi shu chuqurlikda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila aholisi 272 ming kishi bo‘lgan Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat kuchi dastlab 6,1 ball deb hisoblangan. Kuchli zilzila oqibatida 2400 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgandi.
Kecha, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston zilziladan jabr chekkan Afg‘oniston xalqiga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yuborgandi.
LiveBarchasi