Afg‘onistonda dahshatli zilzila: qurbonlar soni 500 ga yetdi

Olam

image

Kecha, 7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 500 nafar shaxs halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” agentligi Qizil yarim oy vakili Erfanulloh Sharafzoyga tayanib ma’lum qildi.

“Afg‘onistondagi kuchli zilzilalar oqibatida 500 kishi halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Hirot Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakilining “Reuters” agentligiga aytishicha, 200 nafar jasad allaqachon mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir. 510 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq “Agence France-Presse” qurbonlar soni 120 ga yaqinligini, jarohatlanganlar esa mingdan oshgani haqida xabar bergan edi.

"Jasadlar bir necha joylarga – harbiy bazalarga, shifoxonalarga olib ketildi", deydi  “Reuters” agentligiga manba.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila aholisi 272 ming kishi bo‘lgan Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat kuchi dastlab 6,1 ball deb hisoblangan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing