Afg‘oniston unga O‘zbekiston kelishuvdan kam miqdorda “svet” berayotganidan nolidi

Olam

image

O‘zbekiston Afg‘onistonga shartnomada ko‘rsatilgan kunlik 250 megavatt o‘rniga 100 megavatt elektr energiyasi yetkazib berayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Tolo news” nashri Afg‘onistonning “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) kompaniyasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar berdi.

“Afsuski, O‘zbekiston va’dalariga qaramay, bu kelishuv bo‘yicha harakat qilmadi va Qobulga atigi 100 megavatt quvvat eksport qilmoqda”, deydi DABS rahbari Hikmatulla Oxundzoda.

Xabarda qayd etilishicha, bu miqdordagi energiya mamlakatdagi elektr energiyasi muammolarini hal qilmayapti. 

“Qobul sanoat parklari elektr ta’minotisiz qolganiga 20 kun bo‘ldi. Ishlab chiqarish tarmoqlarining 90 foizi to‘xtab qoldi. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan texnik muammolar Islom Amirligi va O‘zbekiston o‘rtasida tez orada hal bo‘lishiga umid qilaman”, deydi palata rahbari, deputat Saxi Ahmad Payman.

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy O‘zbekistondan shartnoma asosida elektr energiyasi eksport qilishni so‘rab, murojaat bilan chiqqan edi. U Qobulda O‘zbekiston hukumati va Afg‘oniston elektr energiyasi kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq o‘z va’dalarini bajarishini eslatib o‘tgan edi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘onistonga elektr energiyasini joriy yil 25 yanvar sanasidan boshlab yetkazib berish tiklanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing