“Tolibon” O‘zbekistondan yana elektr energiyasi so‘ramoqda
Jamiyat
−
22 yanvar 2023
23061“Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy O‘zbekistondan shartnoma asosida elektr energiyasi eksport qilishni so‘rab, murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Mutaqqiy bunga Afg‘onistonning Kobul shahri va viloyatlarida elektr energiyasi taqchilligi davom etayotganini sabab sifatida ko‘rsatgan.
Shuningdek, u Kobuldagi Afg‘oniston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi ochilishida O‘zbekiston hukumati va Afg‘oniston elektr energiyasi kompaniyasi o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq o‘z va’dalarini bajarishiga umid bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondan import qilinadigan elektr energiyasi Afg‘onistonning qator viloyatlarini ta’minlab kelayotgan edi. Kobul hamda Parvon, Kapisa, Panjsher, Nangarhor, Lag‘mon, Logar, Paktiy, Xost, Maydon Vardak, G‘azni va Bag‘lon viloyati shular jumlasidan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13 yanvar kuni texnik nosozlik tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi to‘xtatilgan edi.
LiveBarchasi