“Adolat” SDPdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodning sudyalik vakolati to‘xtatildi
Jamiyat
−
12 may 2023
7669Bugun, 12 may kuni "Adolat" SDPdan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlari to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’lum qildi.
Qonunchilikka ko‘ra, sudya siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas. Shu sababli Sudyalar oliy malaka hay’ati R.A.Mahmudovaning arizasi va sud qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – ma’muriy sudlov hay’atining raisi R. A. Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19, 128-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, teng huquqlidirlar. Fuqarolar davlat hokimiyati organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 may kunm Abdushukur Xudoyqulovich Hamzayev Ekologik partiyadan prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan edi. Bugun, 12 may kuni esa Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Ilyosovich Inoyatov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan esa Robaxon Mahmudova Anvarovna prezidentlikka nomzod sifatida partiyalarning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
LiveBarchasi