Inson qadrini ulug‘lash bo‘yicha yana bir muhim tashabbus ilgari surildi

Jamiyat

image

So‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonda ko‘makka muhtoj 3 mln aholining turmush sharoiti yaxshilangani holda kambag‘allik darajasini 17 foizdan 11 foizga tushirishga erishildi. Shuningdek, mamlakatda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish va kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 

7 foizgacha pasaytirish maqsadini to‘la amalga oshirish yo‘lida ta’sirchan chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda.

Shu jihatdan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilgan ehtiyojmand aholini ishga qabul qilganlik uchun soliq imtiyozlarini belgilash tashabbusi ham yuqoridagi maqsadli islohotlarning amaliy natijasiga xizmat qilishi aniq.

Xorijiy tajribaga e’tibor qaratilsa, Xitoyda kam ta’minlangan oila farzandlari, bolasi bor yolg‘iz ayollar va boquvchisiz keksa fuqarolarni ish bilan ta’minlagan korxona va tashkilotlarga qator soliq imtiyozlari berilgani ayon bo‘ladi. Masalan, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlagan ishbilarmonlik sub’ektlariga davlat tomonidan mol-mulk va yer solig‘i uchun 50 foizdan 100 foizgacha imtiyozlar beriladi.

Partiyaning ehtiyojmand aholini ishga qabul qilganlik uchun soliq imtiyozlarini belgilash tashabbusi tadbirkorlik sub’ektlarini ham kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarga faol jalb etishga xizmat qiladi. Bu esa aholi farovonligining oshishiga hamda milliy iqtisodiyot rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi.

Adolat.uz   Facebook  |  Telegram  |  Instagram   | Twitter   |  YouTube


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy Adolat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing