“Activist” aybsiz aybdorga chiqarildimi? Advokat e’tiroz bildirdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, o‘zining mahsulotlar sifati va ularning yaroqliligi haqidagi tanqidiy videolari bilan tanilgan bloger Hojiakbar Nosirov (“Activist”) 15 sutkaga qamalgan edi. Advokat Abdumalik Abdullayev sud qarori bo‘yicha e’tiroz bildirib, blogerga nisbatan chiqarilgan ma’muriy qarorida uning maqomi “huquqbuzar” deb e’tirof etilgani haqida ma’lum qildi

Uning aytishicha, sud Xojiakbar Nosirovni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybli deb topish haqida qaror chiqarmasdan turib, avvaldan uning maqomini “huquqbuzar” deb e’tirof etgan.

“Sud qarordan oldin qaror chiqargan ko‘rinadi”, deydi advokat.

Abdullayev, shuningdek, sud Nosirovning ma’muriy ish ko‘rilishi jarayonidagi huquqiy maqomini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 294-moddasiga ko‘ra, “ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs” deb atalishi kerakligini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Hojiakbar Nosirov shu yilning 8 aprel kuni 15 sutkaga qamalgandi. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bo‘yicha ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan. U savdo do‘konlarida sotilayotgan turli yogurt mahsulotlarining hammasi harom ekanini aytib, ularni iste’mol qilmaslik haqida videolavha e’lon qilgan.

Keyinchalik O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Nosirov harom deb aytgan karmin E120 moddasi qo‘shilgan mahsulotlarni iste’mol qilish joiz ekanini ma’lum qilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Hojiakbar Nosirov Activist

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing