Abdusattorov va Sindorov 660 ming dollarlik turnirdan quruq qoldi
Sport
−
14 mart
5986Kecha, 13 mart kuni “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turniri saralash bosqichi doirasida ikki o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.
Joriy yilning 7-15 aprel kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida fisher shaxmati bo‘yicha “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turnirining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada dunyoning 12 nafar kuchli shaxmatchisi ishtirok etadi. Hozirgacha 11 shaxmatchi ma’lum bo‘lib ulgurgan. So‘nggi ishtirokchi bugun, 14 mart kuni nokaut tizimidagi musobaqada aniqlanadi. Kecha, 13 mart kuni 16 nafar xalqaro grossmeyster yagona yo‘llanma uchun bahslarga kirishdi.
Saralashning birinchi bosqichidayoq ikki o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov raqiblariga imkoniyatni boy berib, mukofot jamg‘armasi 660 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turniri final bosqichidan quruq qoldi.
Nodirbek Abdusattorov 1/8 finalda birinchi saralash bosqichi g‘olibi hindistonlik Pranesh Muniretinamga, Javohir Sindorov esa amerikalik Lener Domingesga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, Pranesh 1/4 finalda hamyurti Vidit Gujratiga, Dominges esa eronlik Amin Tabatabayiga yutqazib, saralash bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
LiveBarchasi