Abdumalik Xalokovning profboksdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
24 fevral
3386Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov professional boksdagi o‘zining navbatdagi jangini 27 fevral kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xalokov 27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida o‘tkaziladigan turnirda Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib boradi. Jang 6 raund etib belgilangan. Ushbu jang sabab bokschi Bolgariyada bo‘lib o‘tadigan “Stranja” turnirida qatnashmaydigan bo‘ldi.
Qayd etish kerak, Xalokov havaskor boksda -60 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasida Osiyo, -56 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasida Jahon, xuddi shu vazn toifasida 2018 yilda III o‘smirlar Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u Parij-2024 Olimpiada o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, bu 24 yoshli Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jangga aylanadi. Debyut jangda u ukrainalik Aleksandr Yegorovni nokautga uchratgan. Akunya esa hozirga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
LiveBarchasi