Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi (video)

Sport

image

Misrning mashhur Giza piramidalari yaqinida o‘tayotgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov britaniyalik Jek Ketterolga qarshi ringga ko‘tarildi va professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.

Yarim o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik uchun kechgan ushbu to‘qnashuv katta qiziqish bilan kutildi. Chunki G‘iyosov professional boksda hali mag‘lubiyat nimaligini bilmagan, har bir jangida o‘zining texnikasi, tezligi va xarakterini ko‘rsatib kelayotgan edi.

Biroq bu safar ringdagi ssenariy G‘iyosov foydasiga kechmadi. Jang to‘liq 12 raund davom etdi. Har ikki bokschi ham ehtiyotkor, hisobli va taktik jihatdan o‘ylangan harakat qildi. Chempionlik bahsiga xos tarzda, har bir raundda mayda detallar, aniq zarbalar va himoyadagi harakatlar muhim ahamiyat kasb etdi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba 32 yoshli britaniyalik Jek Ketterolga berildi. Shu tariqa, Shahram G‘iyosov WBA chempionlik kamari uchun imkoniyatni boy berdi va professional faoliyatida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi.

Uning raqibi esa bugunga qadar 34 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 32 g‘alabaga erishgan, 2ta jangda mag‘lub bo‘lgan, 14 ta jangni nokaut bilan yakunlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov professional boks Jek Ketterol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing