G‘iyosov Katterallga qarshi jangdan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 23 may kuni Misrda bo‘lib o‘tgan WBA Regular kamari uchun jangda ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov va angliyalik Jek Katterall ushbu jangdan qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “SportySalary” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, G‘iyosov ushbu jang uchun taxminan 150 ming dollar miqdorida gonorar olgan. Bu summa uning avvalgi janglari — Okampo, Urvanov va Parra kabi raqiblarga qarshi chiqishlaridagi to‘lovlari asosida hisoblangan.

Uning raqibi, angliyalik Jek Katterall esa ushbu jangdan ancha ko‘proq — taxminan 250 mingdan 300 ming dollargacha daromad olgan.

Ma’lumot uchun, Misrda bo‘lib o‘tgan WBA Regular kamari uchun jang 12 raund davom etdi va unda Shahram G‘iyosov ochkolar hisobida Jek Katteralga mag‘lub bo‘ldi. Bu uning professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. U avval o‘tkazgan 17 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan edi. Shu tariqa Jek Katterall yarim o‘rta vazn toifasida WBA Regular kamari sohibiga aylangandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu boks oqshomining asosiy jangida g‘alaba qozongann Aleksandr Usik ushbu jangdan taxminan 100 million dollar ishlab topgani haqida ma’lumot berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov WBA Jek Katterall

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing