G‘iyosov WBA Regular kamari uchun jang qiladi
Sport
−
18 may 1594 1 daqiqa
O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov WBA Regular kamari uchun jang qiladi. Bu haqda “The Ring” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 23 may kuni Misrda bo‘lib o‘tadigan WBA Regular kamari uchun jang o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov va angliyalik Jek Ketterall o‘rtasida kechadi.

G‘iyosov o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilishicha, u ushbu jangni o‘tkazish uchun allaqachon Misrga yetib borgan. Bu Shahramning prof boksdagi 18-jangi bo‘ladi. U bungacha o‘tkazilgan barcha janglarida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov 2025 yilning 14 noyabr kuni rossiyalik Mark Urvanovga qarshi jangning 4-raundida raqibini texnik nokaut orqali mag‘lub etgandi.

Live
Barchasi