Mo‘ydinxo‘jayev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)

Sport

image

Kecha, 16 may kuni o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev argentinalik Aleksis Torresga qarshi ringga ko‘tarildi. 6 raundlik jang Mo‘ydinxo‘jayev foydasiga hal bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschining to‘liq ustunligida kechgan jangda Asadxo‘ja g‘alaba qozondi. Bu “Parij-2024” Olimpiadasi g‘olibi Mo‘ydinxo‘jayevning professional boksdagi ikkinchi jangi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Farg‘ona boks maktabi tarbiyalanuvchisi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ayni paytda mashhur “Queensberry” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. U professional boksdagi ilk jangini 2025 yil noyabr oyida Chelyabinsk shahrida qozog‘istonlik Aydos Tastayevga qarshi o‘tkazib, raqibini 2-raundda nokautga uchratgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha boshqa o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Abdumalik Halakovning prof boksdagi navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘lgandi. Joriy yilning 29 may kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida professional boks turniri o‘tkaziladi. Ushbu boks oqshomida Abdumalik Xalokov hindistonlik Anish Kumarga qarshi ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

g'alaba Olimpiada chempioni Mo'ydinxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing