Fransiyaning JCHdagi g‘alabasi fojiaga sabab bo‘ldi
Sport
−
10 iyul 20602 1 daqiqa
Fransiyaning 2026 yilgi Jahon chempionatida Marokash ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng bo‘lib o‘tgan bayram fojia bilan yakunlandi. Terma jamoa g‘alabasini nishonlayotgan 17 yoshli qiz halok bo‘ldi. Bu haqda “Voix du Nord” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 10 iyulga o‘tar kechasi Fransiyaning shimolidagi Aunnois-Eymery kommunasida sodir bo‘lgan. Qiz milliy jamoaning chorak finalda Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etganini nishonlash vaqtida harakatlanayotgan yuk mashinasi ustiga chiqqan. U muvozanatini yo‘qotib, transport vositasi ostiga tushib ketgan va voqea joyida vafot etgan.
Hodisa vaqtida yaqin atrofda olti nafar voyaga yetmagan bola bo‘lgan. Ulardan biri kuchli ruhiy zarba sabab shifoxonaga olib ketilgan. Yuk mashinasi haydovchisi voqea yuzasidan ushlangan. Huquq-tartibot organlari hodisa bo‘yicha tergov ishlarini boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marokash terma jamoasining Jahon chempionati chorak finalida Fransiyaga mag‘lub bo‘lgandan so‘ng, Londonda tartibsiziklar yuz bergani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi