Ahmad Mas’ud kuchlari “Tolibon”ga qarshi partizanlik urushini boshladi
Olam
−
19 Oktabr 2021
15744Ahmad Mas’ud boshchiligidagi Afg‘oniston milliy qarshilik fronti Kapisa viloyatida “Tolibon”ga qarshi qurolli kurash boshlanganini ma’lum qildi.
Frontning “Aamaj News” agentligida e’lon qilingan videomurojaatida qarshilik kuchlari Panjsher va Andarab bilan bir qatorda Kapisda ham toliblarga qarshi partizanlar urushini olib borishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning bahorida AQSH va ittifoqchilar Afg‘onistondan o‘z harbiy kuchlarini olib ketishni boshlagach, "Tolibon" harakati Afg‘oniston hukumati nazoratidagi hududlarga hujumni kuchaytirdi. Alal oqibat 15 avgustda poytaxt Qobul egallanib, Ashraf G‘ani boshliq hukumat ag‘darildi. Prezidentning o‘zi iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi.
Mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi.
Qayd etish kerakki, toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelgach, chet davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan kelayotgan yordam to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, minglar afg‘onlar vatanini tark etdi va bu jarayon hali ham davom etmoqda. Toliblarni Afg‘onistonda tarafdorlari ko‘pligiga shubha yo‘q, biroq ular hokimiyatga kelgach ko‘plab qiyinchiliklarga uchramoqda. Ayniqsa, moliyaviy tomondan yo‘qotishlar katta.
Shunday bir davrdan jahon hamjamiyati Afg‘onistonni bee’tibor qoldirmoqchi emas. Bunday xatoga dunyo yetakchilari avval yo‘l qo‘ygan. Buning oqibatlari ayniqsa AQSHning esidan chiqmaydi. Afg‘oniston terrorchi guruhlar uyasiga aylanmasligi uchun jahon yetakchilari “Tolibon” bilan ishlamoqchi, hatto ushbu harakat BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan bo‘lsa ham.
LiveBarchasi