Ahamiyatsiz, biroq noprofessional qaror: Olimpiada bayroqdorlari o‘zgardi

Sport

image

Bugun, 23 iyul kuni Tokio shahrida Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi o‘tkaziladi. Aynan shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgargani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Endilikda boks bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni Bahodir Jalolov va taekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni Nigora Tursunqulova ushbu vazifani bajaradi. Aynan so‘nggi kuni bunday qaror qabul qilingani sababi ma’lum qilinmagan.

O‘zbekiston bayroqdorini tayinlashda, avvalambor, har bir sport turida musobaqalar jadvalini inobatga olgan holda, qolaversa barcha sportchi, delegatsiya a’zolarining fikri inobatga olinib, bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulovaga ishonib topshirilganligi aytib o‘tildi.

Barcha OAV bu haqda e’lon qildi. Musobaqa boshlanadigan kuni aks qaror qabul qilinishi, muxlislar va jurnalistlar o‘rtasida tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Bu Delegatsiya tomonidan qabul qilingan noprofessional qarordir. Hatto, MOQ hamda Turizm va sport vazirligi rasmiy saytida bu haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Oksana Chusovitiga va bokschi Bobousmon Boturov delegatsiya bayroqdorlari bo‘lishi haqida xabar berilgan va Chusovitina yozgi Olimpiya o‘yinlarida bayroqdor bo‘lgan dastlabki o‘zbekistonlik ayol sportchi sifatida tarixdan joy olishi aytilgan edi. 

Ma’lumot uchun, Rio Olimpiadasida ham Bahodir Jalolov O‘zbekiston bayroqdori bo‘lgan edi. Joriy yilgi ochilish marosimining ssenariysiga ko‘ra, barcha davlatlardan 1 nafardan erkak va ayol sportchilar o‘z mamlakatlari bayrog‘ini olib chiqadi. Bu Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan targ‘ib qilinayotgan gender tenglik siyosatining amalda tatbiq etilishi sifatida qaralmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Delegatsiya bayroqdorlari

Baholaganlar

478

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing