80 yoshgacha ishlasam samolyotga emaklab chiqib, zinapoyalariga yiqilaman – Lukashenko Baydenning ustidan kuldi
Olam
−
23 mart 2021
16880Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko tez orada pensiyaga chiqishini aytdi. Bu haqda “BelTA“ yozmoqda.
Bugun, 23 mart kuni Lukashenko Minsk teri ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi vakillari bilan uchrashuvda pensiya yoshi haqida gapirgan.
“[Pensiya yoshi to‘g‘risida] barcha qarorlar qabul qilindi. Biz bu yo‘nalishda harakat qilyapmiz. O‘zim ham yaqinda siz bilan birga pensioner bo‘laman. Nima men 80 yoshga qadar ishlaymi, keyin pensiyaga chiqaymi? Bu holda samolyotga emaklab chiqib, zinapoyalariga yiqilaman“, deydi Lukashenko.
2021 yil 1 yanvardan boshlab Belarusda pensiya yoshi olti oyga oshib, joriy yilda erkaklar 62,5 yoshdan, ayollar esa 57,5 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.
Lukashenko pensiya ta’minotini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi, unga ko‘ra 2017 yil yanvardan mamlakatda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish boshlandi: har yili olti oyga. Pensiya islohotining natijasida 2022 yilda ayollar uchun pensiya yoshi 58, erkaklar uchun 63 yoshni tashkil etishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden 19 mart kuni Air Force One samolyoti bortiga ko‘tarilayotib uch marta qoqilib tushgandi.
LiveBarchasi