Qariya Bayden samolyotga chiqayotib uch marta qoqilib tushdi (video)

Olam

Kecha, 19 mart kuni AQSH Prezidenti Jozef Bayden Air Force One samolyoti bortiga ko‘tarilayotib uch marta qoqilib tushdi.

Video lavhadan ko‘rinishicha, Bayden trapdan tezlik bilan ko‘tarila boshlagan, ammo qoqilib tushgan, so‘ngra o‘rnidan turib qadam bosib yana qoqilgan. Bir marta esa hatto zinaga tizzasi bilan tushgan.

Shundan keyin tutqichlarni ikki qo‘llab ushlagan AQSH Prezidenti samolyot bortiga ko‘tarilib olgan

Juma kuni Bayden Jorjiya shtatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan edi.

Ma’lumot uchun, 78 yoshdagi Jo Bayden AQSH tarixidagi eng keksa yoshda saylangan Prezident hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

672

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing