“48 soat emas, 15 kun”. Radar jarimalari bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinayotgani aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda foto va videoradarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa, haydovchi javobgarlikdan ozod bo‘lishi, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev mazkur yangilik noto‘g‘ri talqin qilinayotganini ma’lum qilib, kiritilayotgan o‘zgartirish mohiyatini tushuntirdi.

Unga ko‘ra, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga yuboriladi. Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa, u bekor bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Radar O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing