4 kunda nechta abituriyent ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Bugungacha 50 mingdan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tib ulgurdi. Bu haqda davlat test markazi direktori Majid Karimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Biroq ro‘yxatdan o‘tganlarning 19 mingga yaqini yashash manzilini to‘liq kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish 22 iyulgacha davom etadi. Shu vaqtgacha qadar abituriyent o‘zining yo‘nalishi va boshqa ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda 1,6 mlndan ortiq abituriyent OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

abiturient

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing