Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
Jamiyat
−
09:07 1229 1 daqiqa
2026–2027 o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet tili fani mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda xorijiy til bo‘yicha B1 sertifikati uchun 75 foiz ball berilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi