251 mlrd so‘mlik zarar: “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
19:21 1150 1 daqiqa
Qoraqalpog‘istonda “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali (GTF) mas’ul shaxslari tabiiy gaz hajmidagi tafovutni oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritib, 251,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, GTF mas’ul shaxslari qabul qilib olingan va iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi o‘rtasidagi tafovutning kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan, uni oddiy yo‘qotish sifatida hisobotga kiritgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 251,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining yirik miqdorda pul talab qilgani fosh etilgan edi.
Live
Barchasi