2033 yilgacha Rossiyadan Qozog‘iston orqali neft tranziti 100 million tonnadan oshadi

Olam

image

Qozog‘iston 2033 yilgacha 100 million tonnadan ortiq Rossiya neftini o‘z hududi orqali Xitoyga tranzit qilish niyatida. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Qozog‘iston va Rossiya neft sohasida uzoq vaqtdan beri muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning “Lukoyl”, “Tatneft” kabi konsernlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda”, deydi u. 

To‘qayevning ta’kidlashicha, neftning ikki mamlakat hududi orqali tashish Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi yoqilg‘i-energetika komplekslarida katta ulushni egallaydi. 

“Qozog‘iston neftining qariyb 80 foizi Rossiya hududi (Kaspiy quvurlari konsorsiumi) orqali tashqi bozorga eksport qilinadi. Xuddi shunday Rossiya nefti Xitoyga Qozog‘iston hududi orqali yetkazib beriladi. 2033 yilgacha bo‘lgan davrda 100 million tonnadan ortiq Rossiya neftini tranzit qilish rejalashtirilgan”, deydi To‘qayev.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 9 noyabrga rejalashtirilgan Qozog‘istonga tashrifi oldidan “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Qozog‘istonga mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlarini gazlashtirishda yordam berishga tayyorligini aytgan edi. 

Putin, shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi neft sohasida konstruktiv hamkorlikni qayd etgan. Rossiya rahbari Kaspiy quvurlari konsorsiumining logistika imkoniyatlaridan foydalangan holda mamlakatlar neftni jahon bozorlariga eng ishonchli va tejamkor usulda tashishni ta’minlab, OPEK+ hamkorlari bilan birgalikda jahon neft bozori barqarorligi va prognozliligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shadi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 noyabrida Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi doirasida “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar geologik qidiruv, qazib olish, qayta ishlash, gaz yetkazib berish va tashishni nazarda tutuvchi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev Neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing