2026 yilgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi g‘olibi e’lon qilindi (video)

Sport

image

Shveysariyalik tog‘ chang‘isi sportchisi Frano fon Allmen Italiyaning Bormio shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida tog‘ chang‘isi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘olib 1 daqiqa 51,61 soniya natija ko‘rsatgan. Ikkinchi o‘rinni italiyalik Jovanni Franzoni, uchinchi o‘rinni esa italiyalik Dominik Paris egallagan.

24 yoshli fon Allmen 2025 yilda ikki karra jahon chempioni bo‘lgan va shu turnirda pastga tushish va jamoaviy bahslarda g‘olib chiqqan.

Sportchilar Italiyadagi Olimpiya o‘yinlarida birinchi medallar to‘plami uchun kurashadi. O‘yinlar 22 fevral kuni yakunlanadi. Jami 116 ta medallar to‘plami o‘ynaladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 fevralga o‘tar kechasi Italiyada Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur tadbirda short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog O‘zbekiston delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi.


Maqola muallifi

Teglar

chempion Olimpiya g'olibi tog' chang'isi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing