O‘zbekiston Olimpiada ochilish marosimida ishtirok etdi
Sport
−
09:35 2712 1 daqiqa
Bugun, 7 fevralga o‘tar kechasi Italiyada Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda short-trek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Daniil Yeybog O‘zbekiston delegatsiya bayroqdori vazifasini bajaradi.
Ma’lumki, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yo‘nalishlarida qishki Olimpiada bahslarida ishtirok etadi.

Shuningdek, saralash sikli yakuniga ko‘ra, Dmitriy Chigiryov hamda Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik yo‘nalishida Olimpiadaga yo‘llanma qo‘lga kiritgan edi. Biroq, turnirga tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigiryov jarohat olib, musobaqagacha tiklana olmadi. Shu bois musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi tog‘ chang‘isi va short-trek dasturlaridagina ishtirok etadi.

Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlari kecha, 6 fevral kuni boshlanib, joriy yilning 22 fevral kuniga qadar davom etadi.

Live
Barchasi