2021 yildan birinchi rahbarlar semizlik masalasida “Shaxsiy namuna” bo‘ladi

Jamiyat

image
Amaldorlarning semizligi korrupsiyaning nishonasi...mi? north_east

Amaldorlarning semizligi korrupsiyaning nishonasi...mi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida:

•    sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning ish haqiga 20 foiz miqdorida ustama belgilash yo‘lga qo‘yiladi;

•    ish vaqtidan so‘ng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) rahbar va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi ta’minlanadi;

•    har shanba soat 14:00 dan keyin kuni xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etilsin. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, “shou” ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratiladi;

•    mehnat jamoasining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajyor zali, “Workout” maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari, sport mashg‘ulotlari va musobaqalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

•    birinchi rahbarlar “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

•    veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmog‘i) orqali bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishi muntazam ravishda yoritib borilishini ta’minlaydi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyuldan boshlab:

•    vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini va boshqa o‘tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimini;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining oshishiga, sog‘lom ovqatlanishiga, xususan, tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirishga, zararli odatlardan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinishni, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etish ko‘rsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish bo‘yicha reytingini raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini joriy etsin hamda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan taqdim etilgan reyting ko‘rsatkichlari asosida:

•    reyting ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan davlat organlari rahbarlarining faoliyatini har yarim yillikda tanqidiy muhokama qilish;

•    reyting ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan davlat organlari rahbarlarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

farmon semizlik

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing