Amaldorlarning semizligi korrupsiyaning nishonasi...mi?

Olam

image

Sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan 15 ta respublika doirasida o‘tkazilgan tadqiqot hukumatdagilar qanchalik semiz bo‘lsa, mamlakat shu darajada korrupsiyalashganini ko‘rsatdi. Bu haqda “The Economist” nashri xabar berdi.

Pavel Blavatskiyning “Siyosatchilar semizligi va postsovet davlatlarida korrupsiya” nomli tadqiqoti 15 ta davlatning 2017 yildagi hukumat a’zolari ma’lumotlariga tayanib olib borilgan.

Quyidagi diagrammada ko‘rsatilgan mamlakatlarning hukumat a’zolarining tana og‘irligi indeksi Jahon banki va Transparency International tomonidan yuritiladigan korrupsiya indekslari bilan uzviy bog‘langan.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq Sovet respublikalaridan to‘rttasi – Estoniya, Litva, Latviya va Gruziya eng kam korrupsiyalashgan davlatlar hisoblanadi.

Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumat a’zolarining tana og‘irligidan kelib chiqib hisoblaganda korrupsiya eng avj olgan davlatlar bo‘lgan.

To‘lishgan siyosatchilar odamlari ham og‘ir vaznli joylarga to‘g‘ri kelmaydimi? Yo‘q, hammasi aksincha. Ikkinchi diagramma vazirlari semiz bo‘lgan mamlakatlarda aholi orasida ortiqcha vaznlilari kam ekanini ko‘rsatgan.

1

Blavatskiyning fikricha, O‘zbekistonda 54, Tojikistonda 44 foiz vazirlar semizlikdan aziyat chekadi. Bu ikki davlatda faqatgina 3 foiz vazirlar normal vaznli deb baholangan.

Tadqiqot qanday olib borilgan? Mutaxassis 15 ta davlatda 2017 yilda hukumatda bo‘lgan shaxslarning 299 ta suratini yig‘gan. Kompyuter ularning suratiga ko‘ra vaznini chiqarib bergan. Hukumat a’zolari tana og‘irligi indeksining o‘rtacha qiymati an’anaviy korrupsiya ko‘rsatkichlari bilan bog‘langan. Bu orqali tadqiqotchi mamlakatlardagi korrupsiya darajasini o‘lchashning yangicha yo‘lini taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing