Yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kichik biznes sub’ektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur yangi farmonning samarasini minglab insonlar his qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

“So‘nggi kunlarda kichik biznes uchun sharoitlar yengillashtirilishi haqidagi yangiliklar ishbilarmon doiralar tomonidan iliq kutib olinganini ko‘rib turibmiz”, deydi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirishicha, bu masala anchadan buyon tadbirkorlar uchun og‘riqli bo‘lib kelayotgan edi. Hududlarga safarlar chog‘ida ular QQS to‘lashga o‘tish bo‘yicha 1 milliard so‘mlik chegara juda pastligi, soliq ma’muriyatchiligi murakkabligi, tekshiruv va hisobotlar esa haddan tashqari ko‘pligini ta’kidlab kelgan. Natijada biznes xotirjam rivojlanish o‘rniga sun’iy ravishda bo‘linishga majbur bo‘lgan.

“Prezidentimiz imzolagan farmonga muvofiq, ushbu chegara 5 milliard so‘mgacha oshirildi. Buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar – bir so‘z bilan aytganda, o‘zining kundalik mehnati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qiladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Shu bilan birga, hujjatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir qator muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

tadbirkorlik farmon Saida Mirziyoeva biznes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing