2020 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
01 fevral 2021
111592020 yilda 23 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu o‘tgan yilda rossiyalikka aylanganlarning 3,5 foiziga teng.
2020 yilda jami 650 ming xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan va bu mutlaq rekord ko‘rsatkichga yetgan. Bundan avval faqatgina 2005 yilda yarim milliondan ortiq odam rossiyalik bo‘lgandi.
“Yangi fuqarolarning asosiy qismi Ukraina (62, 4 foiz yoki 409,5 ming), Tojikiston (9,7 foiz yoki 63,4 ming) va Qozog‘iston (6,6foiz yoki 43,4 ming) dan kelgan.
Bundan tashqari, 203 nafar germaniyalik, 148 nafar amerikalik, 32 nafar britaniyalik, 19 nafar kanadalik, 7 nafar shveysariyalik va bir yapon Rossiya fuqaroligini olgan.
Qayd etilishicha, “yangi rossiyalik”larning ko‘payishiga migratsiya siyosatining yumshatilishi ham sabab bo‘lyapti.
LiveBarchasi