20 yil deganda Afg‘onistondan ketayotgan AQSH “Tolibon”ga qancha qurol “qoldirgani“ ma’lum bo‘ldi
Olam
−
28 avgust 2021
14917AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zosi va Harbiy-dengiz flotining sobiq qo‘riqchisi Jim Benksning ma’lum qilishicha, “Tolibon” mamlakatning 85 milliard dollarlik harbiy texnikasini o‘zlashtirib olgan. Bu haqda siyosatchi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Benksning ta’kidlashicha, Afg‘onistonda qolgan ko‘plab texnika va qurollar orasida 75 mingta mashina, 200 ta samolyot va vertolyot, shuningdek, 600 ming dona qurol bor. Hozirda jangarilar 85 foiz dunyo mamlakatlaridan ko‘ra ko‘proq Black Hawk vertolyotlariga ega.
“Agar bu qurollar hozir yoki kelajakda amerikaliklarga zarar yetkazish yoki o‘ldirish uchun ishlatilsa, qon Jo Baydenning qo‘lida bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qilgan kongressmen.
Bundan avval, Afg‘onistondagi Britaniya qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni, polkovnik Richard Kemp “Tolibon” qo‘lida qurol-yarog‘larning ko‘pligi xavotirga solayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” ko‘plab rasmiy davlat qo‘shinlariga qaraganda yaxshiroq qurollangan.
20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH
2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi.
Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi
Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.
LiveBarchasi