18 may kuni boks tarixidagi eng yirik voqealardan biri bo‘ladi – WBC prezidenti
Sport
−
19 fevral
5885Og‘ir vaznda WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyuri WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik bilan jangga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon ma’lum qildi.
“Bu boks. Muammolar bo‘ladi, lekin ishonchim komilki, endi raqobat yanada kuchayadi. Ikkala bokschi ham yetarlicha muammolarni boshdan o‘tkazdi. Shuning uchun jang hozirga qadar cho‘zilib keldi. Ular tayyorgarlikni boshladi. Men bir necha kun oldin Tayson bilan gaplashdim. U yaxshi formada. 18 may kuni boks tarixidagi eng yirik voqealardan biri bo‘lib o‘tadi”, deydi Sulaymon.
Qayd etish joiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi jang 17 fevral kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq sparring paytida britaniyalik bokschi qoshidan jiddiy jarohat olganligi sababli jang qoldirildi.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Usik professional ringda 21 ta jang o‘tkazib, 21 ta g‘alabaga erishgan. U Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Jahon boks tashkiloti (WBO) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO) chempioni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usik va Fyurining jangining yangi sanasi e’lon qilingandi.
LiveBarchasi