20 ming dollarga “Amerika orzusi”ni ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.X., D.X. ismli shaxslar fuqaro R.M.ni 20 ming dollar evaziga AQSHga viza hujjatlarini rasmiylashtirib, ishga yuborishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 15 ming dollar so‘rab, olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni 16 va 10 ming dollar evaziga tanishlari yordamida AQSHga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik AQSh vizasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing