12 yoshli qizni zo‘rlab o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxsning ishi yopiq sudda ko‘riladi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning o‘limida ayblanib, ushlangan shaxsning ishi yopiq sud majlisida ko‘riladi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j”, “z”, “o” bandlari, 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “v” bandi, 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi, 119-moddasi (zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi, 134-moddasi (qabrni tahqirlash), 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 3-qismi “b” bandi va 226-moddasi (ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) A.T.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Avvalroq Bosh prokuratura Matbuot xizmati 12 yoshli qizning qotilligi bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan edi. Gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oylarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Toshkent Yangihayot 12 yoshli qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing