Toshkentda 12 yoshli qizning zo‘rlab o‘ldirilishi bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqiladi
3-sahifa
−
11 may 2023
16108Joriy yilning yanvarida poytaxt Toshkentning Yangihayot tumanida sodir etilgan 12 yoshli qizning qotilligi bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi. Bu haqda Bosh prokurotura Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2 qismi “v”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi 29 yoshli erkak jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan edi. Gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.
LiveBarchasi