“Tolibon” hujumidan chekingan 1000 dan ortiq Afg‘oniston askari Tojikistonga qochib o‘tdi
Olam
−
05 iyul 2021
8448Bugun, 5 iyul kuni mingdan ortiq Afg‘oniston harbiylari “Tolibon” jangarilarining hujumi sabab qo‘shni Tojikistonga qochib o‘tdi. Bu haqda "Interfaks" Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, ma’lum qildi.
Dushanba kuni kechasi Afg‘onistonning Tojikiston bilan 911 kilometrlik chegaraga ega Badaxshon viloyatidagi Xoxon, Shikay, Nusay, Mohimai, Shugnon va Sulton Ishkashim tumanlarini nazoratiga olgan.
Toliblar bilan janglar vaqtida afg‘on askarlari Shohin tumanining Shohon chegara uchastkasi, Darvaz tumanining Ruzvay va Nulvand chegara punktlari, Vanj tumanidagi Xumrogi chegara uchastkasi Tem tumanidagi Xorog shahri hamda Ishkashim tumanidagi Ishahkashim va Langar chegara uchastkalari orqali Tojikiston hududiga o‘tgan.
“Yaxshi qo‘shnichilik prinsiplarini hisobga olib, shuningdek Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslik pozitsiyasiga rioya qilgn holda hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilariga Tojikiston hududiga kirishga ruxsa berildi”, deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan chegara uchastkalari Tojikiston chegarachilari nazoratida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 4 iyul kuni 94 nafar afg‘on harbiysi “Tolibon” hujumidan qochib Tojikistonga o‘tgandi. 3 iyul kuni esa 300 dan ortiq afg‘on toliblar bilan kurashda chekinib, qo‘shni davlat hududiga o‘tib ketgandi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda faol harbiy harakatlarni boshlagan "Tolibon" mamlakatda harbiy kontingenti qolayotgan xorijiy davlatlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi.
Faollashgan "Tolibon"
Qayd etish kerakki, joriy yilning 1 may kuni AQSH o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshlagandan beri “Tolibon” keskin harakat qilmoqda. Amerika va NATO kuchlarini Afg‘onistondan ketishni boshlaganidan beri 50 dan ortiq tumanni o‘z nazorati ostiga olgan.
Natijada Tahor viloyatining Chaheb, Yangi Kal’a, Darkad, Dashti Qal’a, Xojag‘or tumanlari, Qunduz viloyatining Dashti Archi, Imom Sohib va Qal’ai Zol tumanlari, shuningdek Sherxon-Bandar va Kokul nazorat punktlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi.
So‘nggi kunlarda toliblar bilan janglarda og‘ir zarbaga uchragan afg‘on qo‘shinlarining qo‘shni respublikalar hududiga qochib o‘tish holatlari kuzatildi. Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afg‘on harbiylari chegaradosh Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari O‘zbekistonga qochib o‘tgan.
LiveBarchasi