O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 noyabridan boshlab ushbu AYOQSHlardagi import qilingan Ai-95 narxi 6 600 so‘mdan 6 300 so‘mga arzonlashtirildi. Bu haqda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

“Bizni korxona bozor munosabatlariga to‘liq amal qilib boradi mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham albatta kamaytiriladi. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi” deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabrdan boshlab AYOQSHlardagi import qilingan Ai-92 markali benzin 6 000 so‘mdan 5 500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5 800 so‘mdan 5 500 so‘mga arzonlashtirilgandi. 3 aprelda O‘zbekistonda dizel yonilg‘isi narxi 7300 dan 7000 so‘mga, 1 martda esa  7500 so‘mdan 7300 so‘mga arzonlagan edi.

Bundan tashqari, 1 noyabrdan yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import dizel yoqilg‘isining narxi 6500 so‘mdan 6000 so‘mga arzonlashtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

benzin

Baholaganlar

1749

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing