Kun oxirida yana 30 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 30 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

2020 yil 19 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2855 nafarni tashkil qilmoqda. Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 24 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan shaxslar orasidan qayd etildi (ularning 19 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 5 nafari 15 may kuni Qozog‘istondan kelgan). 

Ayni paytda mamlakatning 9  xududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 504 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2338 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing