Sog‘liqni saqlash tizimida urug‘-aymoqchilik urchigan

Jamiyat

image

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev sog‘liqni saqlash tizimidagi urug‘-aymoqchilik va byudjetni talon-taroj qilish holatlarini tanqid qildi.

“Vazirlik tibbiyot qurilish injerening korxonasi bosh hisobchisi Siddiqov byudjet pulini talon-taroj qilgan. U qayin ukasi, qayin singlisi, jiyani rahbarligidagi korxonalarga tibbiy muassasalarda amalda bajarilmagan qurilish ishlari, ko‘rsatilmagan xizmatlar hamda moliyaviy yordam vaji bilan 2,3 mlrd so‘m pulni o‘tkazib, mablag‘larni qo‘lga kiritgan. 

Eng tashvishlisi, bunday holatlarga vazirlik ham, byudjet nazoratiga mas’ul idoralar ham “ko‘z yumib”, sukut   saqlashni ma’qul ko‘rishgan. Kim bu ishlarga aralashgan yoki rahnamolik qilgan bo‘lsa, tergov jarayonida barchasining javobgarlik masalasi, albatta, hal qilinadi".

Bu holat yuzasidan tergov o‘tkazishni boshlaganimizdan buyon, bugungacha qisqa davrda 1 mlrddan ortiq yetkazilgan zarar qoplandi”, deya Bosh prokurorning so‘zlarini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, alohida Davlat dasturi va normativ hujjatlar qabul qilinganiga qaramay bunday holatlarning uchrashi afsus bilan qayd etildi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev talon-taroj sog'liqni saqlash tizimi

Baholaganlar

91

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing